Qashqadaryo banklar ligasi: “Trastbank” jamoasi to'rt yildan so'ng birinchi bor mag'lubiyatga uchradi

Narzulla Saydullayev
8 iyun 2017
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyatida bank xodimlari o'rtasida viloyat chempionati bo'lib o'tmoqda. kuni kecha “banklar ligasi” ning 4-tur uchrashuvlari o'z yakuniga etdi.

Qashqadaryo banklar ligasining 4-turini yakunlab bergan o'yin kutilmagan natija bilan tugadi

Turning markaziy uchrashuvi “Trastbank” va “Markaziy bank” jamoalari o'rtasida kechdi.

Mazkur bahsda “Markaziy bank” sensacion tarzda “Trastbank”ni mag'lub etdi. Yakuniy hisob 3-2 “Markaziybank ” jamoasi to'rt yildan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmagan “trast”chilarni g'alabali seriyasiga barham berdi.

- Jamoamiz ayrim sabablarga ko'ra, markaziy tur uchrashuviga to'liqsiz  tarkib bilan maydonga saf tortishdi. Qiziqarli bahsda jamoadoshlarim g'alabaga vaqtli ishonib yuborishdi natijada bahsning so'nggi daqiqalarida o'z darvozamizdan to'p olib chiqishga majbur bo'ldik.

Raqibimiz butun o'yin davomida ancha ishonchli harakat qilishdi va ular  o'z maqsadlariga erishdi. “Markaziy bank” jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.- dedi uchrashuvdagi gol muallifi Dilshod Donaev.

Fahriddin Choriev



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia