Qashqadaryo banklar ligasi: Finalchilar aniq bo'ldi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2017
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyatida bank xodimlari o'rtasida viloyat chempionatining bu yilgi mavsumi o'z poyoniga etib bormoqda.

Hafta boshida turnir jadvalining kuchli to'rtligidan o'rin olgan jamoalar mavsumning yarim final bahslariga etib kelishdi.

Yarim final uchrashuvlarida “Markaziy bank”, “Trastbank”, “Milliy bank”,” Mikrokredit bank” jamoalari  o'zora kurash olib borishdi.

Qiziqarli kechgan har ikki uchrashuvda qo'yidagi natijalar qayd etildi.

“Markaziy bank”-“Milliy bank” 6:1
“Trastbank”-Mikrokredit bank” 5:1

Seshanba oqshomida  banklar ligasi  ko'p karra chempioni “Trastbank” jamoasi azaliy raqibi “Markaziy bank” jamoasiga qarshi o'zora hisob-kitob qilishdi.

Eslatib o'tamiz, joriy mavsum tur uchrashuvida “Markaziy bank” jamoasi “trastchilar” ustidan 3:2 hisobida ustun kelishgandi.

Faxriddin Choriev.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia