

"Eng muhimi - 5 o'yinda qatnashgan Ronalduda 5 gol bor. U ajoyib holatda. Boshqa joylarda jamoa to'purarining tarkibdan olib tashlanganini ko'rdingizmi? Xarri Keyn 5 o'yinda 5 gol urdi. Xo'sh, u zaxirada qoldirildimi? "Manchester Siti"da o'ynab yurgan paytlaridagi Aguerochi?
Endi Ronaldu Qatar va Lyuksemburgga qarshi o'yinlar uchun termaga yo'l oladi. Aslida bunday o'yinlarni o'tkazib yuborish hech ham zarar qilmasdi. Ammo u o'ynashni istaydi. Ronaldu - odam emas", - dedi Ferdinand.



