Qahramon Bahodirov: "Murabbiyimiz ko'rsatmasini to'g'ri bajarishga harakat qildim"

Narzulla Saydullayev
10 sen 2016
Ma'lumki, oliy liganing 21-turida Jizzaxning “So'g'diyona ” jamoasi Andijoning “Andijon” klubini qabul qildi va bellashuvda Jizzaxliklar g'alabasi bilan yakunlandi.
Ushbu o'yindan so'ng “So'g'diyona ” jamoasi  vakili,zahiradan maydonga tushib raqib darvozasini ishg'ol qilgan yagona gol muallifi  Qahramon Bahodirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin qiyin kechdi. Raqib jamoa bizga qarshi yaxshi tayyorgarlik qilgani ma'lum edi. Biz ham jamoamiz bilan munosib tarzda tayyorgarlik qilgan edik. Zahiradan maydonga tushayotganimda,murabbiyimiz Davron Fayziev hujumga diqqatimni qaratishimni aytdilar. Birinchi to'p tegishi bilan gol bo'lganidan xursandman. Bugungi g'alaba jamoamiz uchun juda muhim edi va ushbu o'yinda gol o'rishni juda ham xoxlagan edim va agarda shunday bo'lsa, bu golni O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Abduganievich Karimovning yorqin xotirasiga bag'ishlamoqchi edim. Chin dildan qilingan niyat amalga oshadi deyishadi va shunday bo'ldi ham. Oldimizda katta masuliyat bor edi. Bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman. Muxlislarimizning xursandchiligini qo'rib biz ham xursand bo'ldik.

Dildora Xolboeva

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia