Qayerda kambek bo'lsa, Fergyuson o'sha erda FOTO

Mirjalol Normatov
11 apr 2018
Kecha Yevropa chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida "Roma" o'z maydonida "Barselona"ni mag'lub etib, yarim finalga yo'llanma oldi.

"Roma" ilk uchrashuvda 1:4 hisobida mag'lub bo'lgandi. Rimda esa kerakli natijani qo'lga kiritib, kambek amalga oshirdi. Qayd etish kerak, rimliklar ushbu bosqichga 34 yil deganda yetib keldi. Ushbu uchrashuvni bevosita stadiondan Ser Aleks Fergyuson tomosha qilib bordi.

Yodingizda bo'lsa, 5 kun oldin buyuk Ser Aleks Manchester derbisini tomosha qilgan va unda ham kambek bo'lgandi. Demak, Ser Aleks 5 kun ichida borgan ikki o'yinida kambeklar amalga oshirildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia