Pyuel: "Lester" Kasper Shmeyxel borasida hech qanday taklif olmadi"

Aslanov Jasurbek
22 iyul 2018
"Lester Siti" bosh murabbiyi Klop Pyuel klubning daniyalik darvozaboni Kasper Shmeyxelning transferi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

"Kasper - jamoamizning muhim futbolchisi. U jahon chempionatida o'zini yaxshi ko'rsatdi. Kasperdek irodali, barqaror o'ynaydigan futbolchi bizga kerak.

Shmeyxel transferi borasida hech qanday taklif olmadik. Mish-mishlar paydo bo'lishi tabbiy holat.

Darvozabon Denni Uordni xarid qilganimiz haqida to'xtalsam, uning jamoada paydo bo'lishi raqobatni kuchaytiradi. Raqobat rivojlanishga yordam beradi" - deydi Pyuel.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports