Pul yoki karera. "Barselona" yulduzi ikkisidan birini tanlashi lozim

Khoja
20 avg 2024
"Barselona" yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan yozda Kataloniyani tark etishga yaqin.

Futbolchiga "Al Nassr" va "Manchester Siti"dan taklif bor. Saudiyaliklar 33 yoshli futbolchiga "Barselona"dagi maoshidan ko'proq to'lashga tayyor ekanligini ma'lum qilgan. Shu o'rinda, Gvardiola ham sobiq shogirdini ortga qaytarishga qarshi emasligini ma'lum qilgan. Biroq "shaharliklar" Ilkay Gyundoganga hozirgi maoshidan ikki baravar kam berishmoqchi ekanligini ma'lum qilgan.

Ma'lumot uchun, Ilkay Gyundogan 2023 yilda Manchestyerdan Kataloniyaga ko'chib o'tgan. U "Barselona"da yiliga 15 million evro ishlab oladi.


KhojaMuallif
Manba: championat.com