“PSJ” Muhammad Sissoko bilan shartnomani bekor qildi
Tolibjon Qosimov
3 sen 2013
28-yoshli yarim himoyachi Muhammad Sissoko, o'zaro kelishgan holda “PSJ” klubi bilan shartnomani bekor qildi, deb xabar beradi parijliklar klubi rasmiy sayti.
Shunday qilib, futbolchi erkin agent maqomini oldi va endi xohlagan klubiga borib o'ynashi mumkin. O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini Sissoko “Fiorentina” safida ijarada o'tkazdi. Italiya chempionatida u 5 ta o'yin o'tkazgan.