PSJga Mbappening o'rniga kim kelishi ma'lum

Khoja
10 may 2024
PSJ Sporting hujumchisi Viktor Gekeres bilan shartnoma tuzadi.

Parijliklar ustozi aynan shvetsiyalik futbolchini yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Kilian Mbappening o'rniga olib kelmoqchi. PSJ transfer bo'yicha Portugaliya jamoasi rahbariyati bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. 25 yoshli futbolchining transfer narxi 100 million evroga baholanmoqda.

Ma'lumot uchun, Viktor Gekeres joriy mavsum barcha musobaqalarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 41 ta gol va 15 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com