

22 yoshli futbolchiga PSJ jiddiy tarzda qiziqish bildirmoqda. Fransiya klubi o'yinchi uchun 30 million evro va yarim himoyachi Leandro Paredesni taklif qilishga tayyor.
Bundan tashqari, Xakimiga "Bavariya" ham qiziqmoqda. Myunxen klubi yangi murabbiy Yulian Nagelsmanning kelishi bilan jamoani kuchaytirish uchun futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin.
Futbolchi "Inter"ga 2020 yilning yozida "Real"dan 40 million evro evaziga o'tgandi. Xakimi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 37ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol va 8ta assist qayd etdi.



