PSJ va "Yuventus" "Anje" himoyachisi uchun kurashadi

Ayt Nuri faoliyatini top-klublarda davom ettirishi mumkin.

"France Football" nashri xabariga ko'ra, Fransiyaning "Anje" klubi himoyachisi Rayan Ayt Nuri Yevropa grandlarining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. PSJ va "Yuventus" klublari 18 yoshli futbolchi uchun kurash olib boradi. 

O'z navbatida, francuz jamoasi Nuri uchun 15-20 million evro atrofidagi takliflarni ko'rib chiqishi mumkinligini oshkor qildi.

Himoyachi joriy mavsum 17 o'yinda maydonga tushib 2ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Manba: France Football