PSJ va Donnarumma muzokaralarni davom ettirishmoqda. Rayola shuningdek, "Yuventus" bilan ham aloqada

Alisher
7 iyun 2021
PSJ "Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shartnoma imzolash ustida ishlamoqda.

Parijliklar sport direktori Leonardo o'yinchining agenti Mino Rayola bilan muzokaralarni davom ettirmoqda. Qayd etish kerakki, darvozabonning vakillari "Yuventus" bilan ham aloqada.

PSJ va Rayola shuningdek, yarim himoyachi Xavi Simons bilan shartnomani uzaytirish, transfer huquqi "Everton"ga tegishli Moyze Kinni to'laqonli asosda jamoada qoldirishni ham muhokama qilishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira