PSJ va "Atletiko" "Leyptsig" futbolchisi uchun davogarlik qilmoqda

Alisher
26 may 2021
PSJ va "Atletiko" "RB Leyptsig" himoyachisi Nordi Mukelega qiziqmoqda.

Ikki klub ham himoya chizig'ini kuchaytirish uchun variantlar izlamoqda va nishonda 23 yoshli fransiyalik futbolchi bo'lib turibdi.

"Leyptsig" futbolchini 30 million evro evaziga sotishga tayyor.

Mukele 2020/21 yilgi mavsum "Leyptsig" tarkibida 40ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild