PSJ Teo Ernandesni transfer qilishga yaqin

Alisher
12 iyun 2020
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini Liga 1'da davom ettirishga yaqin.

22 yoshli fransiyalik futbolchi "Pari Sen-Jerman" klubiga o'tishga yaqin turibdi.

Parij klubi Ernandesni 30 iyunda erkin agentga aylanadigan Leven Kurzavaga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda.

Futbolchi joriy mavsum "Milan" safida barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Onda Cero