PSJ Telles uchun MYUga raqobat uyushtiradi

Alisher
22 sen 2020, 12:00
"Manchester Yunayted" "Portu" bilan himoyachi Aleks Telles bo'yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Angliyaliklar o'yinchi bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo'yicha kelishuvga erishishgan, endi klub tovon pulini kamaytirishga urinmoqda.

O'yinchi uchun kurashga Bernatning jiddiy jarohati sabab chap qanot himoyasini kuchaytirishga urinayotgan PSJ ham qo'shilgan.

Telles o'tgan mavsum "Portu" safida barcha musobaqalarda 42ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano