PSJ sobiq a'zosi: “Keyingi yil Messi va Ronaldu birga Gvardiola qo'l ostida Parijda o'ynaydi”

Eldor Akmurzayev
29 avg 2020
Parijliklarning sobiq yarim himoyachisi Fabris Pankrat 2021 yil PSJga Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu kelishini aytib, jamoani Xosep Gvardiola boshqaradi deb o'ylamoqda.

“O'z fikrimni bildiraman. Manchester – kulrang tusdagi va yomg'irli yoqimsiz shahar. Menda Messining Parijga kelishini taxmin qilish uchun juda ko'p sabablar bor. Unga 2021 yil Ronaldu ham qo'shiladi. Shuningdek, Gvardiola.

O'ylashimcha, Gvardiola va Messi allaqachon suhbatlashgan. Fikrimcha, Gvardiola unga: "Barchasini o'zgartiramiz. Seni Manchesterda ko'rmoqchiman, ammo sen Parijga yo'l olishing kerak va xavotirlanma, keyingi yil men ham qo'shilaman”, deb aytgan bo'lishi kerak. Vaziyatni aynan shunday ko'rmoqdaman. Shundan keyin PSJning shiori – “ko'prog'ini orzu qil” – ideal manoga ega bo'ladi!

Bu dunyodagi super yulduzlarni jamlay olgan ilk jamoaga aylanadi: Ronaldu, Messi, Neymar va Mbappe. Yana ular ajoyib murabbiyga ham ega bo'lishadi”, deya aytgan 2004-2009 yillar parijliklar sharafini himoya etgan futbolchi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Le Parisien