

PSJ Guye uchun 25 million evro taklif qildi. Ushbu transfer katta ehtimol bilan shu haftada amalga oshadi. Bu haqda L’Equipe nashri ma'lumot berdi. Muzokara jarayonida parijliklarga taniqli agent Pini Zaxavi yordam bermoqda.
Ma'lum bo'lishicha, "Everton" klubi 29 yoshli Guyening transferidan 30-35 million evro ishlab olishni xohlamoqda.
Idrissa 2016 yildan boshlab "irichsilar" sharafini himoya qilib kelmoqda va 84ta uchrashuvda maydonga tushgan senegallik tayanch yarim himoyachi 3 marta gol urishga erishgan.



