“PSJ” Sanches bilan muzokaralarni boshladi, “Arsenal” 50 mln. evro so'rayapti

Aslanov Jasurbek
3 apr 2017
“Arsenal” hujumchisi Aleksis Sanches faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

“PSJ” klubi chililik futbolchini o'z safida ko'rish istagini bildirgan va bu borada muzokaralar ham boshlangan. Sanchesning agenti bir necha bor Parij klubi rasmiylari bilan uchrashgan.

Aleksisning “Arsenal” bilan amaldagi shartnomasi 2018 yilning yozida o'z yakuniga etadi. Hujumchining o'zi “PSJ”ga o'tishga qarshi emas. “Arsenal” klubi Sanchesni kamida 50 mln. evroga sotishni maqsad qilgan. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: