PSJ rahbari: "Bizda dunyoning eng yaxshi futbolchilari bor va ularni saqlab qolmoqchimiz"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2023
Nosir Al Helayfi kelasi mavsum jamoa yulduzlarini klubda saqlab qolmoqchi.

Oldinroq, Parij klubini Lionel Messi, Kilian Mbappe va Serxio Ramoslar tark etishi mumkinligi aytilgan edi.

"Omadimiz kelgan, chunki dunyoning eng yaxshi futbolchilari PSJ safida o'ynashni xohlashdi. Ularni jamoada saqlab qolish ustida ishlayapmiz. Vaziyatni tahlil qilib, keyingi qadamlar borasida bosh qotiramiz.

Xato qilmoqchi emasmiz. Yozda tarkibni muvozanatga keltirishga urinib ko'ramiz. Transfer oynasidan havotir olayotganim yo'q" - deydi PSJ prezidenti.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca