PSJ prezidenti Saudiya Arabistonii haqida: "Xavf bor deb o'ylamayman. Yirik turnirlar va katta futbolchilar Yevropada"

Aziz Tukhtamuradov
8 sen 2023
PSJ prezidenti, Yevropa klublari associaciyasi rahbari Nosir al Helayfi Saudiya Arabistoni klublari tomonidan amalga oshirilayotgan transferlar haqida gapirdi.

"Qandaydir xavf bo'ladi deb o'ylamayman. Keling Yevropaga va klublarimizga asosiy e'tiborni qaratamiz.

Bizda yirik va muhim turnirlar, shuningdek eng yaxshi futbolchilar bor.

Men Yevropadan tashqarida bo'layotgan ishlarni baholashim shart emas. Keling, asosiy e'tiborni o'zimizga qaratamiz", - dedi Helayfi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Calciomercato