PSJ prezidenti: “Neymar har qanday holatda ham jamoadan kyetmaydi”

Aslanov Jasurbek
28 yanv 2018
Fransiyaning “Pari-Sen Jermen” klubi prezidenti Nasser Al-Xelayfi hujumchi Neymarning yozgi transfer bozori chog'ida jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

“Ko'ryapsizlarmi, u qanchalik maydonda xursandchilik bilan to'p tepyapti. Neymar o'zini “PSJ”da juda yaxshi xis qilmoqda. Men uning o'zi va oilasi bilan gaplashdim. Ularga Parij yoqyapti. 

Qolaversa, bizni oldinda “Real”ga qarshi o'tkaziladigan o'ta muhim uchrashuv kutib turibdi. Neymarning o'zi ham bu o'yinni sabrsizlik bilan kutyapti. Har qanday holatda ham u jamoani tark etmaydi”, – dedi Al-Xelayfi.

Avvalroq, “PSJ”ning agar bu yil YCHLda g'olib chiqilsa, Neymarni Madridning “Real” jamoasiga qo'yib yuborishlari haqidagi xabar tarqalgandi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: