PSJ prezidenti: "MYUga qarshi bahsni 10 000 marta qayta o'ynasak biror marta yutqazmagan bo'lardik"

Aslanov Jasurbek
7 mar 2019
PSJ prezidenti Nosir Al-Helayfi "Manchester Yunayted"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yini haqida fikr bildirdi.

- Natijadan xafsalam pir bo'ldi. Mehmonda g'olib bo'ldik, bugun esa bahsning 72%da to'pga egalik qildik... Keyin 90-daqiqadagi penalti. Tushunmayman...

- Kiyinish xonasida kayfiyat qanday?

- Hamma xafa. Bu hammamiz uchun shok.

- Turnirda qolish uchun nima qilish kerak edi?

- Bu futbol, 1+1 javobi ikki bo'ladigan matematika emas. Futbolda ishlash, tahlil qilish kerak. Ushbu o'yinni 10 000 marta qayta o'ynasak birortasida yutqazmagan bo'lardik.

- Futbolchilardan g'azabdamisiz?

- Ularning hammasi yaxshi natijaga erishish uchun maydonga tushishdi. Ammo MYU ikkinchi daqiqada gol urdi va futbolchilarimiz miyasiga shubha o'rnashib oldi. Buni his qildim.

Ko'p narsani o'ylab ko'rish kerak - deydi Al-Helayfi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe