PSJ Portugaliya chempionatidan Mbappening o'rniga o'rinbosar topdi

Khoja
15 mar 2024
PSJ yozda jamoani tark etadigan hujumchisi Kilian Mbappening o'rniga Portugaliyadan futbolchi olib kelmoqchi.

Parijliklar “Sporting” hujumchisi Viktor Gekeres bilan shartnoma tuzmoqchi. Futbolchining tovon puli 100 million evro etib belgilangan.

Joriy mavsum 25 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 33 ta gol va 12 ta golli uzatma bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com