PSJ Paredes uchun “Yuventus”dan Jan va 15 million evro so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
27 dek 2019
PSJ yarim himoyachisi Leandro Paredes keyingi faoliyatini “Yuventus”da davom ettirishi mumkin.

Joriy mavsumda 25 yoshli xavbek bor yo'g'i sakkizta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish uchun jamoasini almashtirishi mumkin.

Ammo PSJ rahbariyatiga futbolchini “Yuve” a'zosi Emre Jan bilan alishtirish varianti maqul bo'layotgani yo'q. Parijliklar Paredes uchun Jan va yana 15 million evro talab qilmoqda.

PSJ yanvar oyida Paredesni “Zenit”dan 47 million evroga xarid qilgan edi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Журналиста Николо Скира Твиттер саҳифаси