PSJ - MYU va "Portu" - "Roma" uchrashuvlarini boshqaradigan hakamlar ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2019
UEFA PSJ - "Manchester Yunayted" hamda "Portu" - "Roma" o'rtasidagi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o'yinlarida ishlaydigan hakamlarni e'lon qildi.

PSJ - "Manchester Yunayted" o'yinini Damir Skomina boshchiligidagi sloveniyalik hakamlar guruhi boshqaradi. Unga qanotlarda Yure Praprotnik va Robert Vukan yordam beradi. Videoassistent rolini - Massimiliano Iratti va Marko Gvida bajaradi. To'rtinchi hakam Matey Yug.

"Portu" - "Roma" bahsida Junayt Chaqir va uning turkiyalik hamkasblari ishlaydi. Unga qanotlarda Baxattin Duran va Tarik Engyun yordam beradi. Videoassistentlar - Shimon Marchinyak, Pavel Gil. To'rtinchi hakam - Xalis Ezkaxya.

Ilk bahsda PSJ MYUni 2:0 hisobida mag'lub etgan edi. "Roma" esa o'z uyida "Portu"ni 2:1 hisobida taslim etgan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA