PSJ murabbiy uchun “Nicca”ga 10 mln evro to'lashga rozi bo'ldi

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2022
“Nicca” ustozi Kristof Galte tez orada PSJda ish boshlaydi.

Parijliklar mutaxassis bilan amaldagi shartnoma bekor qilinishi uchun “Nicca”ga 10 mln evro tovon puli to'laydi. Galte o'rnini esa “Borussiya D” sobiq ustozi Lyusen Favr egallashi kutilmoqda.

55 yoshli mutaxassis bungacha “Lill”, “Sent-Eten”da bosh murabbiy bo'lgan va bir qator klublarda assistent bo'lib ishlagandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.com