PSJ Milinkovich-Savichni katta narx evaziga sotib olishga tayyor

Mirjalol Normatov
9 mar 2020
PSJga "Lacio" markaziy yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich kerak.

Klub yozgi transferlar oynasi vaqtida 25 yoshli xavbekning transferi uchun 100 mln evrodan voz kechishga tayyor turibdi. O'tgan yozda futbolchi uchun "Yuventus" va "Manchester Yunayted" tomonidan qiziqishlar bo'lgandi.

Milinkovich-Savich 2015 yilning yozida 18 mln evro evaziga "Genk"dan "Lacio"ga o'tgandi. Ushbu mavsumda u jamoa tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 5 gol va 7 assistentlik qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta Dello Sport