

The Times nashri xabariga ko'ra, Parij klubi 35 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
Oldinroq PSJ ruxsatsiz Saudiya Arabistoniga borib kelgan Messini jazolagandi. Argentinalik futbolchi uzr so'rab chiqdi. Bu ishlardan keyin Messi klubdan ketishi aytilgandi, ammo uzrdan keyin vaziyat o'zgarishi mumkin.
Lionelni klubda olib qolish uchun PSJ moliyaviy tomonlama juda ham yaxshi taklif berdi. Futbolchining javobi hozircha ma'lum emas.
Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi yozda tugaydi. Unga "Barselona", Saudiya Arabistoni va MLS klublari qiziqishmoqda.




