PSJ Mbappe uchun "Monako"ga qancha to'lashi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
9 avg 2017
"Monako" hujumchisi Kilian Mbappe PSJga o'tishga yaqin turibdi.

Oldinroq, 18 yoshli futbolchi "Real"ga rad javobini berib, parijliklar safida o'ynamoqchi ekanligini bildirgan. PSJ monegasklar bilan muzokaralarni boshlab yuborgan.

Parij klubi fransiyalik forvard uchun bonuslarsiz 155 mln. evro to'laydi, biroq avvalroq "Monako" o'z hujumchisini 180 mln. evroga sotmoqchiligi e'lon qilingan edi.

Mbappening o'zi "Real"ga o'tmoqchi bo'ldi, biroq madridliklar futbolchining transfer huquqini sotib olib, uni "Monako"ga ijaraga bermoqchi bo'lgan. PSJ esa forvardga asosiy tarkibda joy kafolatlamoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: TF1