PSJ Liga 1 da so'nggi 10 yillikdagi eng yomon mavsum startini amalga oshirdi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2020, 09:40
PSJ Liga 1 14-turi doirasida “Lion”ga 0:1 hisobida yutqazdi.

Parijliklar Liga 1 joriy mavsumida 4 marta mag'lubiyatga uchradi. PSJ “Lion”ga qadar “Lans” (0:1), “Marsel” (0:1) hamda “Monako”ga (2:3) yutqazgandi. Bu PSJning 2009/10 yilgi mavsumdan beri qayd etgan eng yomon mavsum starti bo'ldi.

PSJ 14-turdan so'ng 28 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o'rinda bormoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta