PSJ Liga 1 da ketma-ket 40 ta o'yinda gol urdi

19 avg 2019, 07:47
PSJ kecha Fransiya chempionatining 2-turida safarda “Renn”ga qarshi maydonga tushib, 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Edinson Kavani PSJning yagona goliga mualliflik qildi. Bu parijliklar uchun Liga 1 doirasida ketma-ket 40-o'yinda urilgan gol bo'ldi. 

Shu tariqa PSJ bir vaqtlar “Rasing” klubi qayd etgan rekordni takrorladi. O'z vaqtida “Rasing” klubi Fransiya chempioni bo'lgandi. Shundan so'ng klub bankrotga uchrab, hozirda havaskorlar ligasida to'p surmoqda.


Manba: Opta