PSJ-“Leyptsig” uchrashuvining eng yaxshi o'yinchisi aniqlandi

19 avg 2020, 08:08
PSJ YCHL yarim finalida “Leyptsig”ni 3:0 hisobida engdi va finalga yo'l oldi.

Uchrashuvning eng yaxshi o'yinchisi sifatida PSJ yarim himoyachisi Anxel di Mariya etirof etildi. Argentinalik futbolchi o'yinda 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Di Mariyaning YCHLdagi golli uzatmalari soni 27 taga etdi. Qayd etish joiz, 2003/04 yilgi mavsumdan beri undan ko'proq assistni amalga oshirish faqat Krishtianu Ronaaldu va Leo Messilarga nasib etgan.


Manba: UEFA