PSJ "Lacio" futbolchisi borasida muzokaralarni boshladi

Alisher
7 mar 2020, 13:00
PSJ "Lacio" yarim himoyachisi Sergey Milinkovich-Savich bilan yozda shartnoma imzolamoqchi.

Parijliklar italiyaliklarga futbolchi uchun yaxshigina tovon puli taklif qilishmoqda.

Xabarlarga ko'ra, PSJ xavbek uchun 100 million evro taklif qilmoqda. Savichning "Lacio" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.

Eslatib o'tamiz, bundan oldin "Manchester Yunayted" Milinkovich-Savich uchun asosiy da'vogar sifatida etirof etilayotgan edi.


AlisherMuallif
Manba: calciomerato.com