PSJ "Kristal Pelas" futbolchisini nishonga oldi

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2023
Parij klubi "Kristal Pelas" hujumchisi Mishel Olisening shartnomasi holatini kuzatib bormoqda.

Fransiya chempionlari 21 yoshli vingerni joriy mavsum davomida o'rganib boradi va biror amaliy harakatga kirishish borasida qaror qiladi. Uning amaldagi jamoasi bilan bitimi 2026 yil yozida yakuniga etadi. 

Ushbu mavsumda "Pelas" safida 18 ta o'yinda maydonga tushgan Olise 1 ta gol urdi va 4 ta assist qayd etdi. Asli Londonda tavallud topgan yosh hujumchi "uch ranglilar"ning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida harakatlangan. Hozirda uning transfer qiymati 22 mln evroga baholanmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail