PSJ juma kuni navbatdagi transferini e'lon qiladi

Mirjalol Normatov
24 iyun 2021
Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lumotiga ko'ra, PSJ juma kuni Janluijji Donnarummaning transferini rasman ma'lum qiladi.

Eslatib o'tamiz, posbon Rimda yangi jamoasi uchun tibbiy ko'rikdan o'tib bo'lgan va ayni damda transfer ishlarini rasmiylashtirish ishlari davom etmoqda.

O'tgan mavsumda Donnarumma "Milan" tarkibida 48 o'yinda qatnashib, 54 gol o'tkazib yubordi va shularning 15tasida darvozasini quruq saqladi.

Posbon PSJga erkin agent sifatida o'tadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal