PSJ "Inter" futbolchisini nishonga olgan

Mirjalol Normatov
5 sen 2021
Yarim himoyachi Marselo Brozovich "Inter"ni tark etishi mumkin.

"Tuttomercatoweb" xabariga ko'ra, futbolchining xizmatlariga PSJ tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda. Uning "neradzurri" bilan kelishuvi 2022 yilga qadar mo'ljallangan. Futbolchi va "Inter" rahbariyati shartnoma borasida kelisha olishmayapti.

Ushbu mavsumda 28 yoshli futbolchi A Seriyaning 2 o'yinida qatnashib, 1 marta sariq kartochka oldi. U 2016 yildan buyon "Inter" tarkibida harakat qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb