PSJ hujumchisi van Nistelroy va Ronalduning rekordini takrorladi

Narzulla Saydullayev
19 okt 2017
PSJ hujumchisi Edinson Kavani YCHL 3-turida Anderlextga qarshi o'yinda (4:0) gol urdi.

Shu tariqa, 30 yoshli urugvaylik futbolchi ushbu musobaqada ketma-ket 7ta o'yinda gol urdi: bu mavsumda uchta va o'tgan mavsumda to'rtta bahsda.

Bunga qadar YCHLda ketma-ket 7ta o'yinda ikki nafar futbolchi gol ura olgan: MYU sobiq hujumchisi Rud van Nistelroy va Real to'purari Krishtianu Ronaldu.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/OptaJoe