

Oldinroq, turinliklar futbolchiga qiziqish bildirishayotgani xabar qilingan edi. Italiya klubining asosiy transfer maqsadi "Real" a'zosi Danilo edi. Braziliyalik bu kelishuvga rozi ham bo'lgandi, ammo "qirollik klubi" u uchun 30 million evro so'radi.
Bunday holatda "Yuventus"ga Orening transferi ko'proq to'g'ri keldi, parijliklar Serj uchun 22-25 mln evro so'rashmoqda. "Footmercato"ning xabar berishicha, ivuarlik himoyachi bu kelishuvga rozi bo'lgan va agenti bilan birga Turinga yo'l olgan.




