PSJ futbolchisi Mourinyuning qo'ng'irog'i sabab Angliyaga emas, Turkiyaga ketmoqda

Tolibjon Qosimov
22 yanv 2025
Joze Mourinyu himoyachi Milan Shkrinyarning "Fenerbaxche"ga o'tishida hal qiluvchi rolni o'ynadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning yozishicha, Joze Mourinyu markaziy himoyachi bilan telefon orqali gaplashganidan so'ng "Fenerbaxche" jamoasi Shkrinyar uchun kurashda "Galatasaroy"ni ortda qoldirdi.

Shkrinyar shu qishda PSJni tark etadi, unga shuningdek "Tottenxem" ham davogarlik qilgan edi.

Turkiyalik jurnalist Yagiz Sabunchugluning xabar berishicha, "Fenerbaxche" Shkrinyar bilan kelishib bo'lgan. Futbolchi bugun Istambulga boradi va tibbiy ko'rikdan o'tadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: x.com/NicoSchira