PSJ Fransiya chempionatidagi 38 yillik noxush ananasini takrorladi

Mirjalol Normatov
4 iyun 2023
PSJ kecha o'z maydonida "Klermon"ga imkoniyatni boy berdi.

Qayd etish kerak, parijliklar ushbu uchrashuvda o'z darvozasidan 3ta gol olib chiqishdi. Bu orqali ular ushbu mavsumda o'z maydonidagi o'tkazib yuborilgan gollari sonini 24taga etkazib olishdi.

Bu PSJning mamlakat chempionatida 1984/85 yilgi mavsumdan buyon eng yomon natijasi hisoblanadi. O'sha mavsumda parijliklar o'z maydonida bir mavsumda 28 gol olib chiqqandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia