Abduqodir Husanov ertaga o'tkaziladigan "Lans" – "Klermon" uchrashuvi qaydnomasiga kiritildi

Administrator
19 apr 2024
O'zbekistonlik himoyachi U-23 Osiyo kubogi qaydnomasidan ham joy olgan.

"Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanov jamoasining "Klermon"ga qarshi o'tkazadigan 30-tur o'yini qaydnomasiga kiritildi. Ma'lumot uchun, avvalroq Husanov "Lans B" tarkibida o'yin o'tkazgandi.

Eslatib o'tamiz, "Lans" va "Klermon" klublari o'rtasidagi bahs 20 aprel kuni, soat 23:59 da start oladi.


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia