PSJ shayxlari endi "Stad de Frans"ni sotib olmoqchi

Omonjon To`xtamirzayev
31 mar 2023
"Pari Sen-Jermen" xo'jayinlarining puli ko'pligi hech kimga sir emas.

Ular endi "Stad de Frans" stadionini sotib olmoqchi. Bu haqida klubdagi manba xabar bermoqda.

"Biz "Stad de Frans"ga davogarmiz"

Fransiya hukumati inshootni taxminan 600 million evro bahoda sotish bo'yicha tender e'lon qildi.

Avvalroq PSJ egalari jamoaning uy stadioni - "Park de Prens"ni sotib olishni niyat qilgan, ammo buni uddalolmagandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: france24.com