PSJ Drakslerga shartnomani uzaytirishni taklif etdi

Alisher
10 may 2021
PSJ vingeri Yulian Draksler katta ehtimol bilan Parij klubida qoladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, PSJ germaniyalik futbolchiga shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif bilan chiqqan, tomonlar yaqin vaqtlarda kelishuvga erishishlari kerak.

Drakslerning o'zi klubda qolishni xohlamoqda. 27 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum PSJ tarkibida 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 7ta assist qayd etdi.

Drakslerning francuz klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano