PSJ "Atletiko" futbolchisini ijaraga olmoqchi

Aziz Tukhtamuradov
10 noya 2022, 09:16
"Atletiko" futbolchisi Joau Feliks faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

PSJ yanvar oyida hujum chizig'ini kuchaytirmoqchi va buning uchun portugaliyalik futbolchi variantini ko'rib chiqmoqda. Parij klubining sport masalalari bo'yicha maslahatchisi Luish Kampush futbolchini ijaraga olishni istaydi. 

O'z navbatida Feliksning agenti Jorje Mendesh ham futbolchiga yangi klub izlamoqda va PSJ bilan muzokara olib bormoqda. Biroq, hozircha xech qanday qaror qabul qilingani yo'q. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Get French Football News