PSJ-“Atalanta” uchrashuvining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

PSJ “Atalanta”ni mag'lub etdi (2:1) va YCHL yarim finali yo'llanmasini o'ziniki qildi.

PSJ hujumchisi Neymar YCHL 1/4 finalidan o'rin olgan “Atalanta”ga qarshi bellashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Braziliyalik futbolchi jamoasining g'alaba goliga hammualliflik qildi. O'yindan so'ng unga maxsus sovrin topshirildi. “U maydondagi eng xavfli o'yinchi bo'ldi”, - deya izoh bergan UEFA texnik kuzatuvchisi Kosmin Kontra.


Manba: UEFA