PSJ 40 mln evroga himoyachi sotib oldi

Sherzod Nurmatov
9 avg 2024
PSJ Frankfurtning "Ayntraxt" klubidan ekvadorlik markaziy himoyachi Uilyan Pacho bilan shartnoma imzolaganini rasman e'lon qildi.

22 yoshli futbolchi Parij klubi bilan 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan bitimga imzo chekdi.

Transfer summasi rasman oshkor etilmagan, ammo taniqli insayder Fabricio Romanoning ma'lumotlariga ko'ra, PSJ futbolchi uchun 40 mln evro to'lagan. "Ayntraxt" bonus sifatida yana 5 mln evro olishi mumkin.

Pacho 2023/24 yilgi mavsum nemis jamoasi safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: psg.fr