PSJ 18 yoshli futbolchining transferini hal qildi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2023, 23:13
PSJ "Benfika"ning 18 yoshli yarim himoyachisi Sher Ndur bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Jurnalist Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, xavbek bilan muzokaralar parijliklar uchun ijobiy tarzda o'tmoqda va bu yakunlanish arafasida. Futbolchini qo'lga kiritish yo'lida parijliklar APL klublarini ortda qoldirdi. O'z navbatida xavbekning o'zi ham PSJga o'tishga qarshi emas.

Italiyalik futbolchi yozda erkin agentga aylanadi. Yakunlangan mavsumda u "Benfika" tarkibida bir o'yinda maydonga tushdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano