Prokuratura hisob-kitoblari bo'yicha "Barselona" hakamlar vice-prezidentiga 7,3 mln evro to'lab bergan

Aslanov Jasurbek
12 mar 2023
Prokuratura baholashiga ko'ra, "Barselona" Xose Mariya Enrikes Negreyraga 7,3 mln evro to'lab bergan.

Ispaniya hakamlar qo'mitasi sobiq vice-prezidentiga pul o'tkazmalari miqdori sudga taqdim etilgan materiallarda nazorat va tergov organi vakillari tomonidan ko'rsatilgan.

7,3 mln evro - 2011dan 2018 yilgacha o'tkazilgan mablag'larning umumiy yig'indisi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As