Pro Liga. “Andijon” – “Mashal” uchrashuvida Vanievga tosh otildi

Eldor Akmurzayev
9 may 2022
Pro Liga 7-turida “Andijon” 2:1 hisobida “Mashal”dan ustun keldi.

Mezbonlar a'zosi Shahboz Erkinov gol urgan vaqtda tribunadan “Mashal” bosh murabbiyi Dilyaver Vanievga tosh otildi va mutaxassis og'riqdan maydonga o'tirib oldi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

Biroq, o'yindan keyingi matbuot anjumani vaqtida Vaniev ushbu epizod bilan bog'liq holatga to'xtalmadi


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: "Машъал" ПФК матбуот хизмати