Prevyu. "Andijon" - "Nasaf"

Narzulla Saydullayev
2 avg 2015
Oliy liganing 16-turida Edgar Gess boshchiligidagi "Andijon" Ro'ziqul Berdiev boshchilik qilayotgan "Nasaf" klubini qabul qiladi.

Andijon (Andijon) – Nasaf (Qarshi)
2 avgust 2015 yil. Andijon. "Sog'lom Avlod" stadioni. 18:30
Hakamlar: V. Serazetdinov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), V. Lushin (Guliston), A. Shukurullaev (Toshkent)
Nazoratchi: S. Ermatov (Toshkent).

“Andijon” hamda “Nasaf” oliy ligada jami 33 bora to'qnash kelgan. Natijalar “Nasaf”ning ustunligini ko'rsatmoqda.  Shu kunga qadar “ajdarlar” 21ta o'yinda g'alaba qozonishgan. Etti o'yin durang bilan yakunlangan. “Andijon” bugunga qadar “Nasaf” 5 marta mag'lubiyatga uchratgan. “Nasaf” 80ta gol kiritgan, “Andijon” esa qarshiliklar darvozasini 42 bora aniq nishonga olgan. “Nasaf” o'zaro o'yinlarda 70 ochko ishlab olgan bo'lsa, “burgutlar”da ushbu ko'rsatkich 22 taga teng.

“Nasaf” o'zaro o'yinlarda “Andijon" ustidan qozongan eng yirik g'alabasi - 8:1 ga teng bo'lsa, “Andijon”da bu ko'rsatkich – 6:0 bo'lib turibdi.

Ilk davrada Qarshidagi bahsda to'rtta gol urilgan. Artur Gevorkyan dublga erishgan, Oleksandr Koblash mehmonlar darvozasiga bitta to'p kiritgan. Bunga Rustam A'zamov bir bor javob bergan edi – 3:1.

Andijonda o'tgan so'nggi besh uchrashuv:
23.05.2014 Andijon - Nasaf 0:1
05.10.2012 Andijon - Nasaf 3:4
05.11.2011 Andijon - Nasaf 0:4
12.09.2010 Andijon - Nasaf 1:0
30.10.2009 Andijon - Nasaf 2:2

O'zaro o'yinlar haqida fakt: “Andijon” o'z uyida 4 bor g'alaba qozongan, “ajdarlar” vodiydan olti marta g'alaba bilan qaytgan. Yana olti uchrashuv durang hisobi bilan tugagan. “Nasaf” oxirgi uchta safar o'yinida g'alaba qozongan.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia